locale OZ

«Andijon»ning Antaliyadagi uchinchi oʻyini ham ortda qoldi

Darvozalarga 2 ta gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Andijon»ning Antaliyadagi uchinchi oʻyini ham ortda qoldi
Фото: Андижон ПФК

“Andijon” klubining Antaliya yigʻini doirasidagi uchinchi oʻrtoqlik uchrashuvi oldin xabar berib oʻtganimizdek, Makedoniyaning 11 karra chempioni - “Vardar” jamoasiga qarshi boʻlib oʻtdi.

Bellashuv ancha sifatli tarzda kechdi. Jamoamiz kuchli raqibga qarshi munosib oʻyin namoyish qildi. Murabbiylar ushbu uchrashuvda ham ikki xil tarkibdan foydalandi. Taʼkidlash lozimki, har ikkala boʻlimda ham futbolchilarimiz oʻz pozitsiyalarida ishonchli harakat qildilar. Gollar esa tanaffusdan keyin kiritildi.

“Andijon” ikkinchi boʻlimni 1:0 bilan boshladi, desa ham boʻlaveradi. Negaki, tezkor gol koʼrdik. 46-daqiqada ajoyib hujum uyushtirdik va uni Usmonali Ismonaliyev gol bilan yakunlashga muvaffaq boʻldi. Shundan keyin ham “Burgutlar” oʻyinni tartibli ravishda olib borishdi va yana raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni sodir etdi.

Oʻyin goʻyoki 1:0 bilan yakunlanadigandek edi. Biroq boʻlim oxirlariga yaqin “Vardar” vaziyatdan foydalanib hisobni tenglashtirdi.

Umuman olganda, “Andijon” har jabhada kuchli raqibga qarshi munosib oʻynadi va ustunlikka ham erishdi. Oʻtkazilayotgan har bir oʻrtoqlik uchrashuvi jamoamiz aʼzolari uchun foydali boʻlmoqda va bu albatta oʻz samarasini beradi.

“Vardar” (Makedoniya) - “Andijon” - 1:1 (0:0).
Gollar: Usmonali Ismonaliyev, 46 - 0:1. David Babunski, 77 - 1:1.

“Andijon”: Rahimjon Davronov, Nemanya Chalasan, Igor Golban, Islom Toʻxtaxoʻjayev, Ibrohim Yoʻldoshev, Xumoyunmirzo Iminov, Aleksandr Andronikashvili, Usmonali Ismonaliyev, Dragan Cheran, Imeda Ashortia, Martin Boake.

Ikkinchi boʻlimda maydonga tushganlar: Neʼmatulloh Rustamjonov, Odil Abdumajidov, Abdulvohid Gʻulomov, Kristian Novak, Abdurahmon Komilov, Bekzod Sulaymonov, Sardor Azimov, Abbos Abdugʻafforov, Sayfiddin Sodiqov, Poʻlatxoʻja Xoldorxonov, Asilbek Aliyev.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting