locale OZ

«Andijon»ning Antaliyadagi birinchi tayyorgarlik bosqichi yakuniga yetdi

Antaliyadagi oʻquv-mashgʻuloti 18-fevralda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Andijon»ning Antaliyadagi birinchi tayyorgarlik bosqichi yakuniga yetdi
Фото: Андижон ПФК

“Andijon” klubi yangi mavsumga tayyorgarlikning asosiy qismini Turkiyaning Antaliya shahrida olib borishi koʻzda tutilgan boʻlib, shu maqsadda 7-yanvar kuni Antaliyaga yoʻl oldi.

Bu yerdagi yigʻin uch bosqichdan iborat boʻlishini oldin ham taʼkidlaganmiz. Uning dastlabkisi 7-21-yanvarga moʻljallangan. Ilk tayyorgarlik bosqichida uchta nazorat uchrashuvida maydonga tushdik va endilikda jamoa aʼzolari qisqa tanaffus oladilar hamda rejaga muvofiq boshqa mehmonxonaga koʼchib oʼtiladi.

Jamoamizning Antaliya yigʻinidagi ikkinchi tayyorgarlik bosqichi 24-yanvardan boshlanadi va 5-fevralga qadar davom etadi. Buning ichida yana uchta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, “Andijon”ning Antaliyadagi oʻquv-mashgʻuloti 18-fevralda yakuniga yetadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting