locale OZ

Andijonni tark etgan Samvel Babayan o'rniga Islom Ahmedov vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi

“Andijon” klubi qarorgohida rahbariyat va jamoa a'zolari o'rtasida kun tartibidagi masala yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonni tark etgan Samvel Babayan o'rniga Islom Ahmedov vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi
photo: Andijon fk

“Andijon” klubi qarorgohida rahbariyat va jamoa a'zolari o'rtasida kun tartibidagi masala yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, mahalliy mutaxassis Islom Ahmedov vaqtincha bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi. Bungacha u murabbiylar shtabida faoliyat ko'rsatib kelayotgandi.

Ma'lumot uchun, Islom Ahmedov 1986 yilning 8 iyul sanasida tavallud topgan. Andijon futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi sifatida “UzDongJu”, “Dinamo” (Samarqand), “So'g'diyona” va albatta “Andijon” sharafini himoya qilgan.

photo: Andijon FK

Murabbiy sifatida Andijon futbol akademiyasida ko'p yillar davomida samarali ish olib borgan.

Shuningdek, jamoamiz murabbiylar shtabida Ahmedovga Sergey Arslonov yaqindan yordam beradi. U 1986 yilning 6 noyabr sanasida tavallud topgan bo'lib, o'yinchilik faoliyatini “Mash'al”, “Sho'rtan”, “UzDongJu” singari klublarda o'tkazgan. Qolaversa, “Paxtakor”, “Kuban” (Rossiya) va “Dinamo” (Kiev, Ukraina) akademiyalarida tahsil olgan. Murabbiy sifatida Qirg'izistonning "Dordoy” klubini boshqargan. Shuningdek, yurtimizda “Surxon”, “Neftchi” hamda “So'g'diyona” jamoalarida faoliyat olib borgan. Endilikda esa “Andijon”da katta murabbiy lavozimida ishlaydi.

Bundan tashqari, darvozabonlar murabbiyi sifatida bungacha U21 jamoamizda mehnat qilib kelayotgan Bekzod Turg'unov ish olib boradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting