locale OZ

“Andijon”ga omad tilab qolaman, hammasi uchun rahmat!\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Andijon”ga omad tilab qolaman, hammasi uchun rahmat!"
PHOTO: Telegram

Xabaringiz bor, bugun ikki nafar legioner – Islam Mashukov va Miomir Jurichkovich “burgutlar” bilan xayrlashishdi.

Ushbu futbolchilar ketar chog'ida klub matbuot xizmatiga jamoada o'tkazgan faoliyatlari borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdilar:

Islam Mashukov:

“Birinchi navbatda jamoa muxlislariga katta tashakkur aytmoqchiman. “Andijon”ni yuragidan qo'llab-quvvatlaydigan ishqibozlariga alohida minnatdorlik izhor qilaman. Ha, men bilaman, ularni xursand qila olmadim. Lekin buni o'ziga yarasha sabablari bor edi. Ishonamanki, “Andijon” yangi murabbiylar shtabi bilan yanada kuchliroq jamoaga aylanadi. Maksim Aleksandrovich - jamoaga ko'p narsa bera oladigan top darajadagi murabbiy. U klubni yuqoriga olib chiqadi, deb o'ylayman. “Andijon”ga hamma vaqt omad tilab qolaman. Hammasi uchun rahmat!”


Miomir Jurichkovich:

“Men bu jamoaga va ayniqsa O'zbekistonda eng zo'ri bo'lgan muxlislarga alohida rahmat deb qolaman. Afsuski, men ushbu jamoaga kerakli foyda keltira olmadim. Shuning uchun ketishga qaror qildim. “Andijon” menda unutilmas tajriba bo'lib qoladi. Kelajakda albatta jamoaga muvaffaqiyatlar tilab qolaman".

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting