locale OZ

Andijonda yangi stol tennisi sport zali foydalanishga topshirildi

G‘olib va sovrindor sportchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonda yangi stol tennisi sport zali foydalanishga topshirildi
Фото: Спорт вазирлиги

Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” musobaqalari doirasida yangi sport inshooti — stol tennisi zali tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Mazkur loyiha “Tashabbusli byudjet” dasturi asosida amalga oshirilib, Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining ilgari foydalanilmayotgan binosi zamonaviy stol tennisi zaliga moslashtirildi.

Yangi sport zalining ochilish marosimi sport bayramiga ulanib ketdi. Aynan shu maskanda stol tennisi bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” va “Prezident Olimpiadasi” musobaqalarining birinchi bosqichi, "Andijon shahar hokimi olimpiadasi" musobaqalari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar esa musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting