locale OZ

Andijonda ayollar sport olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonda ayollar sport olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Фото: Андижон спорт бошқармаси

Andijon viloyatida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan sport olimpiadasining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirning tantanali ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Yusufjonovna so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tiladi.

Mazkur sport tadbirida viloyat sport boshqarmasi rahbari, hamkor tashkilotlar mutasaddilari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Musobaqalar dasturi doirasida ishtirokchilar sportning to‘rtta turi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Jumladan, stol tennisi, shaxmat, shashka hamda yengil atletikaning 60, 100 va 200 metr masofalarga yugurish yo‘nalishlari bo‘yicha qizg‘in bahslar tashkil etildi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting