Andijon yoshlari \"Hokim Kubogi\" musobaqasida ishtirok etishadi
“Andijon” U21 va U19 jamoalarimiz ham yangi mavsum uchun tayyorgarliklarini boshladilar.
Murabbiylar hozirda seleksiya ishlarini olib borgan holda yangi yosh iqtidorlarni ham sinovdan oʻtkazishni maqsad qilishgan. Buning uchun albatta oʻyin amaliyoti zarur.
Shuni maʼlum qilmoqchimizki, Andijon viloyati futbol assotsiatsiyasi tomonidan anʼanaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan Andijon viloyati hokimi kubogi musobaqasi bu safar ham boʼlib oʼtadi.
U21 hamda U19 jamoalarimiz aynan Andijon viloyati hokimi Kubogi musobaqasida ishtirok etadilar.
Unda jami 8 ta jamoa ishtirok etadi. Qurʼaga koʻra, ikkala yoshdagi jamoalarimiz “A” guruhida “Akademiya” va “Shaxrixon MILK” jamoalari bilan birga joy oldi.
Dastlabki tur bahslari 15-yanvar kuni boʻlib oʻtadi. Unda “Andijon” U21 “Shaxrixon MILK”ga qarshi, U19 esa “Akademiya” bilan bahs olib boradi.