locale OZ

\"Andijon\" yana yutqazdi. Shatskixning debyuti omadli chiqmadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Andijon" yana yutqazdi. Shatskixning debyuti omadli chiqmadi
PHOTO: Telegram

Superliga 10 tur uchrashuvlari davom etmoqda. G'uzor shahridagi o'yingohda mahalliy “Sho'rtan” o'z uyida “Andijon”ni qabul qildi.

So'nggi o'yinlardagi omadsizliklardan keyin jamoada o'zgarishlarni amalga oshirgan va O'zbek futboli afsonalaridan biri Maksim Shatskixni bosh murabbiy sifatida tanishtirgan edi.

Shatskixning “burgutlar”dagi debyuti omadli chiqmadi. “Sho'rtan” futbolchisi Doniyorjon Narzullayevning 33 daqiqada kiritgan yagona goli evaziga mezbonlar g'alaba qozondi. Bahsning 40 daqiqasida “Andijon” futbolchisi Miomir Jurichkovich hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolanib maydondan chetlatildi.

Superliga. 10-tur

SHO‘RTAN 1:0 ANDIJON

Gol: Doniyorjon Narzullayev, 33 (1:0)

Qizil kartochka: Miomir Jurichkovich, 40 (Andijon)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting