Andijon viloyati hokimi jamoamiz aʼzolari bilan uchrashdi
Maʼlumki, 2026-yilgi mavsum uchun “Andijon” klubi oldiga jiddiy maqsadlar qoʻyilmoqda.
Bugun “Andijon” futbol klubi qarorgohida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov jamoamiz aʼzolari bilan uchrashdi. “Andijon”ning ashaddiy muxlislari viloyat rahbarini koʻtarinki kayfiyatda kutib oldilar.
Shuhratbek Qoʻshoqboyevich, jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan bilan olib borilayotgan seleksiya ishlari yuzasidan suhbatlashdi va bu borada aniq reja hamda vazifalar belgilab olindi.
Jamoa aʼzolari bilan uchrashuvda ham viloyat hokimi barcha shart-sharoitlar muhayyo etilishini, keyingi yilga vazifa jiddiy boʻlishini alohida taʼkidladi.
Shu bilan birga 24-dekabr kuni Qatarda “Al-Ahli”ga qarshi oʻtadigan oʻyinda ham jamoamizni puxta tayyorgarlik koʻrishini hamda gʻalaba qozonib qaytishlari muhimligini aytib, “Burgutlar”ga omad tiladi.