locale OZ

Andijon viloyati hokimi burgutlar aʼzolari bilan uchrashdi

amoa aʼzolari bilan uchrashuvda ham viloyat hokimi barcha shart-sharoitlar muhayyo etilishini, keyingi yilga vazifa jiddiy boʻlishini alohida taʼkidladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijon viloyati hokimi burgutlar aʼzolari bilan uchrashdi
photo: Andijon fk

Maʼlumki, 2026-yilgi mavsum uchun “Andijon” klubi oldiga jiddiy maqsadlar qoʻyilmoqda.

“Andijon” futbol klubi qarorgohida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov jamoamiz aʼzolari bilan uchrashdi. “Andijon”ning ashaddiy muxlislari viloyat rahbarini koʻtarinki kayfiyatda kutib oldilar.

Shuhratbek Qoʻshoqboyevich, jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan bilan olib borilayotgan seleksiya ishlari yuzasidan suhbatlashdi va bu borada aniq reja hamda vazifalar belgilab olindi.

Jamoa aʼzolari bilan uchrashuvda ham viloyat hokimi barcha shart-sharoitlar muhayyo etilishini, keyingi yilga vazifa jiddiy boʻlishini alohida taʼkidladi.

Shu bilan birga 24-dekabr kuni Qatarda “Al-Ahli”ga qarshi oʻtadigan oʻyinda ham jamoamizni puxta tayyorgarlik koʻrishini hamda gʻalaba qozonib qaytishlari muhimligini aytib, “Burgutlar”ga omad tiladi",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting