Andijon viloyat futbol maktabi majlislar zalida yig‘ilish o‘tkazildi
Andijon viloyati hokimining futbol sport turini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish bo‘yicha bergan topshirig‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat futbol maktabi majlislar zalida yig‘ilish o‘tkazildi.
O‘tkazilgan yig‘ilishda Viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti va hodimlari, “Andijon” futbol klubi rahbariyati, “Andijon” futbol klubi U-21 va U-19 jamoalari bosh murabbiylari, futbol akademiyasi va futbol maktabi rahbariyati hamda murabbiylari ishtirok etdi.
Andijon viloyatida 5 ta yosh toifasida terma jamoalarni shakllantirish, bosqichma-bosqich “Andijon” futbol klubiga tayyorlash hamda terma jamoalarga bosh murabbiylar tayyorlash masalasi ko‘rib chiqildi.
“Andijon” futbol klubining U-21 va U-19 jamoalariga shart-sharoit yaratish, o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazish, vitaminizatsiya qilish hamda seleksiya ishlarini amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shu bilan bir qatorda futbol maydonlarini mavsumga tayyorlash va ta’mirlash bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirilishi belgilandi.