locale OZ

«Andijon» U21 va U19 jamoalari Fargʻonada «Hokim Kubogi»da ishtirok etishadi

U yerda 20 ta jamoa qatnashadi va 4 ta guruhga ajratildilar.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Andijon» U21 va U19 jamoalari Fargʻonada «Hokim Kubogi»da ishtirok etishadi
Фото: Андижон ПФК

“Andijon” U21 hamda U19 jamoalarimiz ham yangi mavsumga tayyorgarligini reja asosida davom ettirishmoqda.

Xabaringiz bor, yaqinda ikkala yosh toifasidagi jamoalarimiz Andijon viloyati hokim Kubogida ishtirok etishdi va unda U21 futbolchilarimiz gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. Endi esa U21 hamda U19 Fargʻonada “Hokim Kubogi”da turnirida qatnashadilar.

U yerda 20 ta jamoa qatnashadi va 4 ta guruhga ajratildilar. Qurʼaga koʻra, “Andijon” U21 “B” guruhida, U19 esa “A” guruhidan joy oldi. Shuningdek, Andijondan yana “UzTongXongKo” va “Andijon” FA jamoalari ham qatnashadilar. Musobaqa 28-yanvardan 10-fevralga qadar davom etadi.

“A” guruhida “Andijon” U19 “Neftchi” U21, “Barkamol Avlod”, “Yaypan Fergana” va “Balandmasjid” bilan bellashsa, “B” guruhida “Andijon” U21 “Yaypan” U19, “Fargʻona FA”, OKMK U21 hamda “Zafar” jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Ilk turda “Andijon” U21 “Zafar”ga qarshi maydonga tushsa, U19 jamoasi ishtirokini ikkinchi turdan boshlaydi va dastlabki raqibi “Neftchi” U21 boʻladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting