Andijon U19 peshqadamni taslim etdi
O'zbekiston U19 chempionatida “Sharq” mintaqadasida peshqadamlik qilayotgan “Bunyodkor” U19 safarda “Andijon” U19 ga qarshi bahs olib bordi.
Mavsumning ikkinchi qismida katta o'sishga erishayotgan Orif Mamatkazin boshchiligidagi U19 jamoamiz yetakchiga qarshi faol o'yin namoyish qildi.
Garchi bellashuvda birinchi bo'lib o'z darvozasidan to'p olib chiqqaniga qaramay, maydon egalari birinchi bo'limning o'zida vaziyatni o'nglab natijani o'z tomonimizga ham og'dira oldi. 21 va 24-daqiqalarda G'ulomjonov bilan Sulaymonov raqib darvozasini ishg'ol qilishdi. Ikkinchi bo'lim boshlarida esa “Andijon” U19 to'purari bo'lib kelayotgan Muhammadali Abdurashidov o'z imkoniyatidan foydalandi va o'zining chempionatdagi 10-golini kiritishga muvaffaq bo'ldi.
O'yinni uyushqoqlik va hamjihatlikda o'tkazgan “Andijon” U19 jamoamiz turnir peshqadamini mag'lub etdi. Natijala burgutlar kuchli uchlatikka kirib oldi.
Navbatdagi uchrashuvni yosh burgutlar Toshkentda “Olimpik Mobiuz”ga qarshi o'tkazadi.
“Andijon” U19 - “Bunyodkor” U19 - 3:1 (2:1).
9 oktabr. Andijon. “AVFM” stadioni. 76 tomoshabin.
Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov
Zaxira hakami: Xushnud Suyunboev
Nazoratchi: Shuhrat Hakimov
Komissar: Azizbek Isamutdinov
“Andijon” U19: Asilbek Tojiddinov, Nurjigit Turg'unaliev, Bekzod Sulaymonov (Bekzod Sulaymonov, 81), Shoxruhmirzo Iminjonov, Xabibullo Xabibullaev (Abdug'ani G'ulomov, 90), Shoxjahon G'ulomjonov (Bobur Omonov, 90), Muhammadrizo SHaribjonov, Diyor Madaminov (Ozod Ahmadjonov, 90), Fazliddinxo'ja Ubaydullaev (Abdulvohid To'lanboev, 81), Jamshid Ko'paysinov, Muhammadali Abdurashidov.
“Bunyodkor” U19: Xasan Israilov, Muhammadali Qodirjonov, Bunyod Bahodirov, Abdurahmon Otaxonov (Tohir Shuhratov, 46), Shoxruh Halimtoev, Alisher Shukurov, Farruh Oripov (Odil G'aniev, 46), Eldor Naimov (Xusniddin Musurmonov, 66), Zikrilloxon Muxtorov (Ibrohim Akbarov, 55), Asadbek Anvarov (Abdusamir Ilhomov, 84), Ruslan Madaminov (Egamberdi Sharipov, 46).
Gollar: Zikrilloxon Muxtorov, 7 - 0:1. Shoxjahon G'ulomjonov, 21 - 1:1. Bekzod Sulaymonov, 24 - 2:1. Muhammadali Abdurashidov, 49 - 3:1.
Ogohlantirishlar: Bobur Omonov, 9. Jamshid Ko'paysinov, 27. Muhammadali Abdurashidov, 61. Fazliddinxo'ja Ubaydullaev, 78 - Abdurahmon Otaxonov, 19. Alisher Shukurov, 33. Muhammadali Qodirjonov, 36. Shoxruh Halimtoev, 73. Egamberdi Sharipov, 76. Odil G'aniev, 90+2.
Chetlatish: Bunyod Bahodirov, 90+5.