«Andijon U19» jamoasi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi
“Andijon” U19 jamoamiz ham yangi mavsum uchun tayyorgarlik ishlarini qizg'in ravishda olib bormoqda.
Yoshlar Elyor Rahmatullaev hamda Artur Mamatkazin murabbiyligida mashg'ulotlarda astoydil ishlashmoqda. Shuningdek, nazorat o'yinlari ham tashkil qilinmoqda.
Jumladan, bugun Andijon futbol akademiyasi maydonida “Andijon” U19 birinchi liga qatnashchisi - “Namangan FA”ga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.
Qiziqarli o'tgan o'yinda 2:2 hisobi qayd etildi. Jamoamizdan Alisher Jamoldinov va Farhod Tursunaliev (penaltidan) raqib darvozasini ishg'ol qilishdi.
“Andijon” U19: Shoyat Ravshanov, Nurjigit Turg'unaliev, Sardor Fozilov, Farhod Tursunaliev, Asad Rahmonjonov, Diyor To'raev, Ozod Ortiqov, Alisher Jamoldinov, Diyor Komiljonov, Adham No'monov, Shodiyor Ahmadaliev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Diyor G'ayratov, Muhammadali Abdullajonov, Muhammadyusuf Botirjonov, Bobur Omonov, Abdulloh Ikromov, Ozod Ashurov, Muhammadaziz Adhamjonov, Abduvahob Mahammadov.