«Andijon» tayyorgarlikni davom ettirmoqda
“Andijon” futbol klubi yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshladi. Qisqa tanaffusdan soʻng jamoa yana bir maqsad yoʻlida bir joyga jam boʻldi — muxlislar ishonchini oqlash va maydonda yangi tarix sahifalarini yozish.
Qishki tayyorgarlik jarayonida jismoniy holatni tiklash, taktik ishlanmalarni takomillashtirish hamda jamoaviy uygʻunlikni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilishi tabiiy.
7-yanvar kuni esa “Andijon” jamoasi tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi uchun Turkiyaning Antaliya shahriga yoʻl oladi. Xorij yigʻini davomida jamoamiz bir qator nazorat uchrashuvlarini oʻtkazishi, jamoaviy oʻyinni yanada mustahkamlashi rejalashtirilgan.
Jamoada kayfiyat yuqori, futbolchilar oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni yaxshi anglagan holda ishga kirishdilar. Murabbiylar shtabi rahbarligida mashgʻulotlar rejali va yuqori surʼatda tashkil etilmoqda.