locale OZ

«Andijon» – «Surxon». Jamoalarning o‘zaro o‘yinlar tarixi

“Andijon” – “Surxon” qarama-qarshiligi 18-iyul kuni soat 20:00 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prevyu. «Andijon» – «Surxon»
Фото: Андижон ПФК

Superliga qaytmoqda. 11-turdan keyin jahon chempionati sababli Superligada tanaffus e’lon qilingandi.

Endilikda yana milliy birinchiligimiz davom ettiriladi. “Andijon” jamoasi chempionatning 12-turini 18-iyul kuni “Bobur arena”da Termizning “Surxon” klubiga qarshi o‘tkazadi.

“Bobur arena”da ushbu jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi bor o‘tkazilgan bahs 2025-yilning 23-may kuni bo‘lib o‘tgan. Qiziqarli o‘tgan o‘yinda “Andijon” g‘alaba qozongan – 2:1. O‘shanda jamoamizdan Bektemir Abdumannonov bilan Doniyor Abdumannopov raqib darvozasini ishg‘ol qilishgan. Ikkinchi davradagi uchrashuvda esa “Surxon” o‘z uyida 4:0 hisobida ustun kelgan.

Klublarning chempionatdagi ilk to‘qnashuvi 1992-yildan boshlangan. Umumiy hisobda jamoalar milliy chempionatda 36 marta to‘qnash kelishgan. “Surxon”da 12, “Andijon”da 18 g‘alaba bor. 6 ta bahsda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 48\64 jamoamiz foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Surxon” qarama-qarshiligi 18-iyul kuni soat 20:00 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting