"Andijon" - Shatskix muzokaralari so'nggi bosqichda!


Xabaringiz bor, Andijonning “Andijon” jamoasi ohirgi turlardagi natijalar yaxshi bo'lmagani uchun bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovni istefoga chiqargan edi.

Shundan keyin andijonliklar klub uchun bir nechta nomzodlarni ko'rib chiqdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Sports24.uz ma'lumotlariga qaraganda O'zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi Maksim Shatskix va “Andijon” klubi o'rtasidagi muzokaralar so'nggi bosqichga chiqdi.

Shatskix “Andijon” 0:2 “Neftchi” o'rtasidagi “vodiy derbisi”ga ham tashrif buyurib, o'yinni stadiondan tomosha qildi. Maksim “burgutlar” rahbariyati bilan uchrashib, sharoitlarni o'rgangan va o'z shartlarini aytgan. Katta ehtimol bilan “Andijon” tez orada Maksim Shatskihni bosh murabbiy sifatida e'lon qiladi.

Maksim Aleksandrovich Shatskix 1978 yil 30 avgustda Toshkent shahrida tug'ilgan. Sobiq professional futbolchi. Shatskix — Sergey Rebrov bilan birga 341 oʻyinda 123 ta gol urib, Ukraina Premer-ligasining barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurari hisoblanadi.

1999-yil 28-iyulda Shatskix UEFA chempionlar ligasida gol urgan birinchi osiyolik futbolchi boʻldi va UEFA futbol musobaqalarida gol urgan Mirjalol Qosimovdan keyin ikkinchi o'zbekistonlik futbolchi boʻldi.

Kiyevning “Dinamo” jamoasidagi debyut mavsumida u Ukraina Premer-ligasida gʻolib chiqdi va 20 ta gol urib, Ukraina Premer-ligasining eng yaxshi toʻpurari boʻldi.

2002-03-yilgi mavsumda u 22 ta gol urib, Sergiy Rebrovning 1997-98 yillardagi rekordini tenglashtirganida, Shatskix 1999-2000-yillardagi UEFA Chempionlar Ligasidagi debyut mavsumida 5 ta gol urdi.

1999-yil 28-iyulda u Chempionlar ligasidagi ilk golini “Zalgiris Vilnyus”ga qarshi o‘yinda kiritdi. Shatskix Kiyev bilan UEFA chempionlar ligasida 9 mavsum oʻynab, 11 ta gol urdi.

Uning murabbiy sifatidagi so'nggi jamoasi Toshkentning “Paxtakor” klubi bo'lgan edi.
Eslatib o‘tamiz "Andijon" bu mavsumda Osiyoning ikkinchi raqamli turnirida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Futbol
Bugun da 19:39


Futbol
Bugun da 17:59