«Andijon» rahbariyati OFK bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazdi
OChL 2 musobaqasining guruh bosqichiga qur’a tashlanganidan so‘ng OFK bosh kotibining o‘rinbosari, musobaqalarni o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i janob Shin Man Gil bilan “Andijon” klubi rahbariyati o‘rtasida yaqin tanishuv bo‘lib o‘tdi. Uning boshchiligida tashkilotchilik yuqori darajada o‘tkazildi.
Shin Man Gil “Andijon” jamoamizni OChL bahslarida ko‘rib turganidan mamnunligini bildirib, musobaqada omad tiladi. Bundan tashqari, jamoamiz katta qiziqish uyg‘otayotganini ta’kidlab, “Andijon”ning qaysidir uy uchrashuvini “Bobur arena”da kuzatmoqchiligini ham aytdi.
Shu bilan birga, o‘zaro hamkorlik qilish borasida ham fikr almashildi. Shundan so‘ng “Andijon” klubi rahbariyati Shin Man Gilga jamoamizning esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Aytish mumkinki, OFK bosh kotibi o‘rinbosari ham, klubimiz rahbariyati ham mazkur uchrashuvdan mamnunliklarini izhor qilishdi.