locale OZ

\"Andijon\" Proliga jamoalariga qarshi ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazdi

Mazkur o'rtoqlik o'yinlari murabbiylar shtabi uchun futbolchilarning jismoniy holatini sinab ko'rish va turli taktik sxemalarni amalda qo'llash uchun qulay imkoniyat bo'lib xizmat qildi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
"Andijon" Proliga jamoalariga qarshi ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazdi
photo: Andijon fk

O'quv-mashg'ulot yig'inlarini davom ettirayotgan Superliga ishtirokchisi – "Andijon" klubi Proliga vakillari bo'lgan "Yaypan" va "FarDU" jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushdi.

"Yaypan" jamoasiga qarshi kechgan bahsda andijonliklar kutilmaganda yirik hisobda mag'lubiyatga uchrashdi. Uchrashuv 3:0 hisobida yaypanliklarning foydasiga hal bo'ldi. Bahs davomida Muzaffarxon Mo'minov 44 va 75-daqiqalarda dubl qayd etgan bo'lsa, 81-daqiqada Ulug'bek Kenjaev tomonidan urilgan gol o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi.
Shuningdek, "Andijon" jamoasi navbatdagi nazorat uchrashuvida yana bir Proliga vakili – "FarDU" klubi bilan kuch sinashdi. Mazkur bahsda Superliga vakillari tashabbusni o'z qo'liga olib, 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi. Gollarga Yorqinboev va Xoldorxonov mualliflik qildi.

Mazkur o'rtoqlik o'yinlari murabbiylar shtabi uchun futbolchilarning jismoniy holatini sinab ko'rish va turli taktik sxemalarni amalda qo'llash uchun qulay imkoniyat bo'lib xizmat qildi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting