locale OZ

Andijon Poʻlatxoʻja Xoldorxonov bilan shartnoma imzoladi

Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 2003-yilning 6-iyul sanasida tavallud topgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijon Poʻlatxoʻja Xoldorxonov bilan shartnoma imzoladi
photo: Andijon fk

Tarkibni kuchaytirish ishlari davom etayotgan mahalda Andijon safiga yana bir yangi futbolchi qoʻshildi: Poʻlatxoʻja Xoldorxonov endi “Andijon” futbolchisi. U bilan shartnoma imzolandi va yangi mavsumda “Burgutlar” uchun oʻynaydi.

"Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 2003-yilning 6-iyul sanasida tavallud topgan. Oʻtgan yili birinchi davrada “Navbahor”, ikkinchi davrada “Shoʻrtan” safida toʻp surdi. Hujumchi namanganliklar safida (Superliga va Kubok) 9 ta oʻyinda 1 ta gol urgan boʻlsa, “Shoʻrtan”da (Superliga va Kubok) 16 ta bellashuvda 7 ta gol muallifiga aylandi.

Shuningdek, Xoldorxonov “Paxtakor” va “Olimpik”da ham faoliyat olib borgan.

Biz Xoldorxonovga “Andijon”dagi faoliyati muvaffaqiyatli chiqishini tilab qolamiz.

Poʻlatxoʻja “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting