locale OZ

«Andijon» Oʻzbekiston U21 termasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida gʻalaba qozondi

Eslatib oʻtamiz, “Al-Ahli” - “Andijon” uchrashuvi 24-dekabr kuni Dohada boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Andijon» Oʻzbekiston U21 termasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida gʻalaba qozondi
Фото: Андижон ПФК

Toshkentda tayyorgarlik jarayonini oʻtkazayotgan “Andijon” jamoamiz bugun Oʻzbekiston U21 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Terma jamoalar markazining yopiq manejida oʻtkazilgan bahsda “Burgutlar” 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Birinchi boʻlimda hisob ochilmadi. Ikkinchi boʻlimda esa Muhammadali Usmonov, Bekzod Sulaymonov va Bektemir Abdumannonov raqib darvozasini ishgʻol qildilar. Raqib safida Nurlan Ibraimov gol urdi.

Shuningdek, terma jamoa safida “Andijon”dan jalb qilingan Saidumarxon Saidnurullayev va Shoxjahon Yorqinboyev ham bellashuvda ishtirok etdilar.

Shu tariqa, “Andijon”ning OCHL 2 doirasida Qatarda “Al-Ahli”ga qarshi muhim oʻyini uchun tayyorgarlik reja asosida davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, “Al-Ahli” - “Andijon” uchrashuvi 24-dekabr kuni Dohada boʻlib oʻtadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting