locale OZ

Andijon o'rinbosarlari Qizilqum jamoasi tengqurlarini mag'lubiyatga uchratdi

“Andijon” U21 ni boshqarayotgan Abdurashid Ismoilov 55 yoshni qarshiladi. Aynan tavallud topgan kunida uning shogirdlari ustoziga sovg'a sifatida g'alabani tortiq qildilar.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijon o'rinbosarlari Qizilqum jamoasi tengqurlarini mag'lubiyatga uchratdi
photo: Andijon fk

“Andijon” U21 jamoamiz Karmanadagi “Yoshlik” stadionida “Qizilqum” tengqurlariga qarshi maydonga tushdi va qiziqarli o'tgan bellashuvda Abdurashid Ismoilov boshchiligidagi yoshlarimiz 1:3 hisobida g'alaba qozondi.

Bugun “Andijon” U21 ni boshqarayotgan Abdurashid Ismoilov 55 yoshni qarshiladi. Aynan tavallud topgan kunida uning shogirdlari ustoziga sovg'a sifatida g'alabani tortiq qildilar.

O'yin keskin va qiziqarli tarzda kechdi. Birinchi bo'limda Sayfiddin Sodiqov o'zining aniq va chiroyli zarbasi bilan hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limda maydon egalari hujumlardan birida hisobni tenglashtirishdi. Shunga qaramasdan U21 jamoamiz yana hujumga tashlandi va o'z imkoniyatlaridan foydalana oldi.

Hujumchi Hamidullo Karimov avvaliga o'zi ishlagan penaltini golga aylantirgan bo'lsa, oradan 10 daqiqa o'tgach, u jamoasining uchinchi, o'zining esa ikkinchi golini raqib darvozasiga kiritishga muvaffaq bo'ldi. O'tgan turda ham gol urganini hisobga olsak, Karimov to'purarlik bahsida peshqadam bo'lib oldi.

Aytish lozimki, bahs davomida yana qator imkoniyatlar yuzaga keldi. Yakunda esa jamoamiz safarda muhim g'alabani qo'lga kiritdi.

Endi “Andijon” U21 keyingi uchrashuvini 9 mart kuni Farg'onada “Neftchi” U21 ga qarshi o'tkazadi. Bo'lajak uchrashuvda ham jamoamizga faqat omad tilab qolamiz!

“Qizilqum” U21 - “Andijon” U21 - 1:3 (0:1).
3 mart. Karmana. “Yoshlik” stadioni. 303 tomoshabin.

Hakamlar: Dilshod Ahmedov, Ruslan Samandarov, Amal Sultonov.
Zaxira hakami: Temur Akromov
Nazoratchi: Vadim Agishev
Komissar: Davron Ibrohimov

“Qizilqum” U21: Jahongir Mamatqulov, Doston Tursunov, Damir Abdullaev, Murodali Usmonov (Mustaqim Boboqulov, 46), Shoxruh Nishonov (Jahongir Erkinov, 67; Shoxruh Xaliqov, 76), Jahongir Salomov, Ozod Mo'ydinov, Sherzod Majidov (Ilhom Kenjaev, 31), Bekzod Sharipov, Samandar Rahimov, Farruh Jo'raev (Muhammadaziz Ibrohimov, 76).

“Andijon” U21: Ne'matulloh Rustamjonov, Abdurahmon Komilov (Iskandar Tojimamatov, 90+3), Ozodbek Sobirov, Bekzod Sulaymonov, Yaxyobek Yuldashaliev, Jamshid Ko'paysinov (Patidin Zuxriddinov, 79), Fazliddinxo'ja Ubaydullaev (Diyor Madaminov, 79), Sayfiddin Sodiqov (Xabibulla Xabibullaev, 46), Abdulaziz Mahmudov (Ahror Ravshanbekov, 46) Shoxjahon Yorqinboev (Muhammadrizo Sharifjonov, 79), Xamidullo Karimov (Zulfiqor Akbarov, 82).

Gollar: Sayfiddin Sodiqov, 33 - 0:1. Bekzod Sharipov, 49 - 1:1. Xamidullo Karimov, 63-pen. - 1:2. Xamidullo Karimov, 73 - 1:3.

Ogohlantirishlar: Samandar Rahimov, 42 - Sayfiddin Sodiqov, 18. Ozodbek Sobirov, 39. Yaxyobek Yuldashaliev, 45.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting