locale OZ

«Andijon» – OKMK. O‘zaro o‘yinlar tarixidan

“Andijon” - OKMK bellashuvi 12 aprel kuni soat 18:15 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prevyu. «Andijon» – OKMK
Фото: Андижон ПФК

Superliganing 7-turida “Andijon” jamoasi o'z maydonida Olmaliqning OKMK klubini qabul qiladi.

O'zaro statistika shuni ko'rsatmoqdaki, jamoalar milliy chempionatimiz tarixi mobaynida o'zaro 28 marotaba kuch sinashishgan. “Andijon”ning hisobida 5, OKMKda esa 18 g'alaba bor. Yana 5 ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbati 34\55 OKMK foydasiga.

O'tgan yili birinchi davrada Olmaliqda o'tkazilgan uchrashuvda OKMK 4:3 hisobida g'alaba qozongan. Ikkinchi davradagi bahsda esa “Andijon” o'z maydonida 1:0 hisobida ustun kelgan.

Eslatib o'tamiz, “Andijon” - OKMK bellashuvi 12 aprel kuni soat 18:15 da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting