locale OZ

Andijon nazorat bahsida Kaspiy jamoasiga mag'lub bo'ldi

Andijon Antaliyadagi navbatdagi oʻrtoqlik oʻyinini Qozogʻistonning “Kaspiy” jamoasiga qarshi oʻtkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijon nazorat bahsida Kaspiy jamoasiga mag'lub bo'ldi
photo: Andijon fk

Antaliyadagi navbatdagi oʻrtoqlik oʻyinimizni Qozogʻistonning “Kaspiy” jamoasiga qarshi oʻtkazdik. Oʻyin 1:0 hisobida raqib foydasiga hal boʻldi. Ammo maydonda koʻrsatilgan xarakter, intizom va jangovorlik har qanday raqamdan ustun turadi.

Yomgʻir ostida oʻtgan uchrashuv davomida jamoamiz butun oʻyin mobaynda raqibga qarshi qatʼiy turdi, yuqori bosimda oʻynadi, bir necha xavfli vaziyatlar yaratdi va himoyada uyushqoq harakat qildi.

Futbolchilarimiz bir-biri uchun kurashdi, har bir toʻp uchun oxirigacha jang qildi.

Soʻnggi daqiqada gol oʻtkazib yubordik — bu albatta futboldagi achchiq qismat. Lekin aynan shunday daqiqalar jamoani chiniqtiradi, kuchliroq qiladi va gʻalabaga tayyorlaydi.

Bu oʻyin natija uchun emas, jamoa ruhi, birdamlik va kelajakdagi gʻalabalar uchun katta qadam boʻladi. Har oʻyin — tayyorgarlik, har qadam — oldinga!

Biz sharafli yoʻlimizda davom etamiz. Biz “Andijon”miz. Oldimizda yana kuchli oʻyinlar, yangi sinovlar va albatta — gʻalabalar bor.

“Kaspiy” - “Andijon” - 1:0 (0:0).
29-yanvar. Antaliya.

Hakamlar: Refat Chakmak, Maxmet Kisach, Arturu Arjan (barchasi - Turkiya).

“Kaspiy”: Jomart Dinmuhammad, Berat Diyermandji, Andre Amaral, Amandik Nabixonov, Nurali Yelemes, Maksat Taikenov, Luka Bozichkovich, Noxa Ndombassi, Bekzat Kabilan, David Yesimbekov, Bogdan Petrovich.

“Andijon”: Rahim Davronov, Nemanya Chalasan, Igor Golban, Ibrohim Yoʻldoshev, Islom Toʻxtaxoʻjayev, Damir Temirov, Muhammadkarim Toirov, Dragan Cheran, Doniyor Abdumannopov, Imeda Ashortia, Martin Boake.

Ikkinchi boʻlimda maydonga tushganlar: Usmonali Ismonaliyev, Abdulvohid Gʻulomov, Abdurahmon Komilov, Odil Abdumajidov, Muhammadkarim Toirov, Jamshid Boltaboyev, Poʻlatxoʻja Xoldorxonov, Sardor Azimov.

Gol: Bekzat Kabilan, 90 - 1:0.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting