locale OZ

Andijon navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvini Ukrainaning “Zarya” klubiga qarshi oʻtkazadi

“Zarya” Antaliya yigʻini doirasidagi birinchi uchrashuvini “Rapid II” jamoasiga qarshi oʻtkazib 5:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijon navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvini Ukrainaning “Zarya” klubiga qarshi oʻtkazadi
photo: Andijon fk

Antaliyada yigʻin oʻtkzayotgan “Andijon” klubi navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvini Ukrainaning “Zarya” klubiga qarshi oʻtkazadi.

Ukraina premyer ligasida ishtirok etayotgan Luganskning ushbu jamoasi 1923-yilning 5-may kuni tashkil etilgan. “Zarya” premyer ligada ayni paytda birinchi davradan keyin 16 uchrashuvdan soʻng 6 gʻalaba, 5 durang va 5 magʻlubiyat qayd etdi. Toʻplar nisbati 19-18 ni tashkil etmoqda. 23 ochko bilan musobaqa jadvalida 8-oʻrinda turibdi.

“Zarya” Antaliya yigʻini doirasidagi birinchi uchrashuvini “Rapid II” jamoasiga qarshi oʻtkazib 5:1 hisobida gʻalaba qozondi.

“Zarya”ni 56 yoshli mahalliy mutaxassislardan biri Viktor Skripnik boshqarmoqda. U ushbu jamoada bosh murabbiy lavozimida 2025-yilning 16-iyun sanasidan ishlab kelmoqda.

Klubning eng qimmat futbolchisi braziliyalik 26 yoshli himoyachi Jordan boʻlib, uning “Transfermarkt”dagi narxi 1 million yevroni tashkil qilmoqda.

“Andijon”ning “Zarya”ga qarshi oʻyini bugun Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting