«Andijon» murabbiyi O‘zbekiston U18 terma jamoasiga jalb qilindi
Фото: Андижон ПФК
Ayni paytda Toshkentda O‘zbekiston U18 terma jamoamiz navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda.
Eʼtiborli jihati, U18 terma jamoasining ushbu yig‘iniga “Andijon” jamoasining murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan Asilbek Azizov ham jalb qilingan.
Hozirda Azizov Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi O‘zbekiston U18 terma jamoa murabbiylar shtabida Toshkentda o‘tayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.
U jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha futbolchilarni tayyorlashda bevosita o‘z bilimi va ko‘nikmasi bilan yordam bermoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist