locale OZ

Andijon matbuoti: \"Futboldagi qora chiziqlar albatta tugaydi\"

Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Andijon matbuoti: "Futboldagi qora chiziqlar albatta tugaydi"
PHOTO: Telegram

“Andijon” jamoasi matbuoti O'zbekiston kubogi guruh bosqichi uchinchi turida Samarqandning “Dinamo” klubi bilan bo'lib o'tgan 1:1 hisobidagi durangdan keyin quyidagi fikrlarni keltirdi:

“Andijon”ning O'zbekiston Kubogidagi ishtiroki nihoyasiga yetdi. Asosiy e'tibor chempionat o'yinlariga qaratiladi. Endilikda jamoamizda yangi sahifa ochiladi. Bosh murabbiy sifatida o'zbek futboli afsonalaridan biri Maksim Shatskix bosh murabbiy sifatida e'lon qilindi. Unga Vitaliy Shpanyuk yaqindan yordam beradi. Shatskix 14 may sanasidan jamoani qabul qilib oladi va debyutini 17 may kuni Superliganing 10-turi doirasida safarda “Sho'rtan”ga qarshi o'tkazadi.

Futbolda muvaffaqiyatsiz natijalar bo'lib turishi tabiiy va bu holat “Andijon” jamoasi bilan yuz berdi. Ketma-ket omadsizlikdan so'ng jamoaga yangi qon quyish talab etilgandi. Futboldagi qora chiziqlar albatta tugaydi va mazkur yoqimsiz holat nihoyasiga yetganiga umid bildiramiz. Endi barchasi jamoamiz uchun muvaffaqiyatli kechishiga tilakdoshmiz. Yangi bosh murabbiy – Maksim Shatskix bilan birga oldimizga qo'yilgan maqsadlar sari oldinga yuramiz. Biz hech qachon tushkunlikka tushmaymiz va orqaga chekinmaymiz. G'alabalar hali oldinda. Yangilangan murabbiylar shtabiga ishonamiz hamda omad tilab qolamiz!

Eslatib o'tamiz, “burgutlar” O'zbekiston kubogining bu mavsumidagi yurishini guruh bosqichida yakunladi. Andijonliklar Osiyoning ikkinchi o'rinli musobaqasida O'zbekiston sharafini himoya qilishadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting