Andijon Maksim Shatskixni istefoga chiqardi
Shu yilning 13 may sanasida Andijonga bosh murabbiy etib tayinlangan Maksim Shatskixning shartnoma muddati joriy yilning 31 dekabr sanasigacha mo'ljallangan. Ammo klub rahbariyati murabbiy bilan o'zaro kelishuvga asosan shartnomani bekor qildilar.
"Biz Maksim Aleksandrovichga jamoamizdagi 6 oylik faoliyati davomidagi mehnati uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Shatskix “Andijon” ustozi sifatida qo'lidan kelgan barcha ishni amalga oshirish harakatida bo'ldi va klub rivoji yo'lida mehnatini ayamadi.
Shatskix “Andijon” bosh murabbiyi sifatida barcha musobaqalarda jami 24 ta o'yin o'tkazildi. Shundan 5 g'alaba, 9 durang va 10 mag'lubiyat qayd etildi. Qolaversa, Osiyo Chempionlar ligasi 2 da uning boshchiligida qayd etilgan natijalar ham e'tiborga molik. Boisi, “Andijon” 4 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlay oldi, mag'lubiyatsiz seriya qayd etdi.
Jamoamizni boshqarish vaqtinchalik Akmal Shorahmedov zimmasiga yuklatildi.
Biz Shatskixga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz. Hammasi uchun rahmat, Maksim Aleksandrovich!",-deb yoziladi klub matbuot xizmatining bayonotida.