locale OZ

«Andijon» klubi delegatsiyasi Malayziyaga jo'nab ketdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Andijon» klubi delegatsiyasi Malayziyaga jo'nab ketdi
Photo: Getty Images

15 avgust kuni OCHL Elit va OCHL 2 musobaqalarining yangi mavsumi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

OCHL 2 da ilk bor ishtirok etadigan "Andijon" klubi ham 15 avgust sanasida o'z raqiblarini bilib oladi.

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda o'tkaziladigan OCHL seminari va qur'a tashlash marosimida ishtirok etish maqsadida "Andijon" klubi delegatsiyasi ham safarga yo'l oldi.

Klub bosh direktori Elbek Samatov, klub menejeri Ikromjon Muhitdinov hamda klub matbuot kotibi Shuhratbek Jo'rayev OFK tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish uchun Kuala-Lumpurga jo'nab ketdilar.

Eslatib o'tamiz, qur'a tashlash marosimi Kuala-Lumpurdagi "Intercontinental" mehmonxonasida bo'lib o'tadi. 15-avgust kuni mahalliy vaqt bilan 10:30 (Toshkent vaqti bilan 07:30) da ishtirokchi klublar uchun seminar bo'lib o'tadi. Mahalliy vaqt bilan 15:00 (Toshkent vaqti bilan 12:00) da qur'a tashlash marosimi boshlanadi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting