locale OZ

\"Andijon\" klubi bosh direktori: \"Ilk turdayoq shunday o'yin ko'rsatish — katta ishonch bag'ishlaydi\"

Ziyodbek Shuhratovich klub matbuot xizmatiga quyidagi fikrlarni bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Andijon" klubi bosh direktori: "Ilk turdayoq shunday o'yin ko'rsatish — katta ishonch bag'ishlaydi"
photo: Andijon fk

Yaqinda "Andijon" klubiga yangi bosh direktor etib tayinlangan Ziyodbek Mashrapov uchun ham debyut o'yin unutilmas bo'ldi.

"So'g'diyona" ustidan 4:0 hisobidagi ishonchli g'alaba — yangi davrga kuchli start!

Ziyodbek Shuhratovich klub matbuot xizmatiga quyidagi fikrlarni bildirdi.

O'yin toʼgrisida

“Avvalo, barcha muxlislarimizni, fan-klubni ushbu ishonchli g'alaba bilan tabriklayman. 4:0 — bu shunchaki hisob emas, bu jamoamizning mehnati, intizomi va maydondagi xarakteri samarasidir. Har ikki bo'limda ham tashabbusni qo'ldan boy bermadik. Ilk turdayoq shunday o'yin ko'rsatish — katta ishonch bag'ishlaydi. Men futbolchilarimizga, murabbiylar shtabiga minnatdorchilik bildiraman”.

E'tibor va mas'uliyat hususida

“Andijon klubi viloyatimiz rahbarlari tomonidan doimo e'tibor markazida bo'lgan jamoa. Yangi rahbar sifatida men bu mas'uliyatni chuqur his qilaman. Har bir g'alaba — bu faqat maydonda emas, klub ichidagi to'g'ri tizim, ishonch va birdamlik natijasi. Biz mavsum davomida barqarorlikni saqlashga harakat qilamiz.”

Stadiondagi muhit haqida

“Bobur Arena"dagi muhitni so'z bilan ta'riflash qiyin. Fan-klub, Muxlislarimiz — haqiqiy 12-o'yinchi. Ularning qo'llab-quvvatlashi futbolchilarga qo'shimcha kuch bag'ishladi. Shunday muhitda g'alaba qozonish ikki karra yoqimli.”

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting