Andijon kichik tanaffusdan keyin klub qarorgohida to'plandi
Maksim Shatskix boshchiligidagi mashgʻulotlar kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda.
photo: Andijon fk
FIFA kunlari munosabati bilan chempionatimizda yana biroz tanaffus yuzaga kelgan. Jamoamiz aʼzolari uch kunlik xordiqdan keyin kecha klub qarorgohida toʻplanishdi va mashgʻulotlarga kirishishdi.
Hozirda Shoxjahon Yorqinboyev va Saidumarxon Saidnurullayev Oʻzbekiston U20 terma jamoamiz yigʻinida qatnashayotgani bois “Burgutlar” bilan birga emas. Shuningdek, Islom Mamatkazin ham davolanish jarayonini olib bormoqda.
Maksim Shatskix boshchiligidagi mashgʻulotlar kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda.
“Andijon” jamoamiz navbatdagi oʻyinini 17-oktyabr kuni oʻz maydonida Gʻuzorning “Shoʻrtan” klubiga qarshi oʻtkazadi. Shu bois asosiy eʼtibor boʻlajak oʻyinga qaratilgan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor