locale OZ

Andijon jamoasining Antaliya yigʻini yakunlandi

Klub Antaliyadagi soʻnggi nazorat uchrashuvini Rossiya premyer-ligasi ishtirokchisi - “Dinamo Maxachkala” klubiga qarshi oʻtkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijon jamoasining Antaliya yigʻini yakunlandi
photo: Andijon fk

7-yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsum uchun tayyorgarlik jarayonini boshlagan jamoamizning u yerdagi yigʻini oʻz yakuniga yetdi.

Jamoamiz Antaliyadagi soʻnggi nazorat uchrashuvini Rossiya premyer-ligasi ishtirokchisi - “Dinamo Maxachkala” klubiga qarshi oʻtkazdi.

Qiziqarli oʻtgan oʻyin 1:2 hisobida Rossiya premyer ligasi jamoasi foydasiga hal boʻldi. “Andijon”dan Mahmud Maxamadjonov gol muallifi boʻldi va uning kiritgan goli shunchaki super koʻrinishda boʻldi.

Rejaga koʻra, “Burgutlar” Antaliya yigʻinida rejalashtirgan barcha 10 ta oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazishdi va endi 18-fevral kuni yurtimizga qaytishadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting