locale OZ

Andijon jamoasi yosh tarbiyalanuvchilari xalqaro musobaqada 2-o'rinni egalladi

18-23 mart kunlari Toshkentda MDH davlatlari o'rtasida “Do’stlik CUP” xalqaro musobaqasi o'tkazildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijon jamoasi yosh tarbiyalanuvchilari xalqaro musobaqada 2-o'rinni egalladi
photo: Andijon fk

Andijon jamoasi yosh tarbiyalanuvchilari xalqaro musobaqada faxrli 2-o'rinni egalladi.

18-23 mart kunlari Toshkentda MDH davlatlari o'rtasida “Do’stlik CUP” xalqaro musobaqasi o'tkazildi.

Bu turnir bolalar futbolini yanada rivojlantirish yo'lidagi muhim mezonlardan biri sifatida xizmat qiladi, deyish mumkin. 28 ta ishtirokchi orasida “Andijon” klubi qoshidagi “Bolalar futbol maktabi”ning Abror Solioxunov hamda Akbar Xodjaev murabbiyligidagi tarbiyalanuvlar ham ishtirok etdilar.

Guruhda “Odil Junior”, “Feniks” va Qozog'istonning “Milan” (Chimkent) jamoalariga qarshi bellashgan bizning tarbiyalanuvchilarimiz qiyin guruhda faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritib, nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Nimchorak finalda Surxondaryoning “Denov omad” jamoasi 4:1 hisobida mag'lub etildi va jamoamiz yarim finalga yo'l oldi. Unda esa Qozog'istonning taniqli akademiyalaridan biri - “Qayrat” tarbiyalanuvchilariga qarshi o'yinda mardonavor kurashgan bizning tarbiyalanuvchilarimiz 1:0 hisobida g'alaba qozondi va final sari yo'l oldi. Yagona gol esa Abdullo Abdurashidov hisobiga yozildi.

Finaldagi raqib guruhda ham bellashishgan Toshkentning “Feniks” xususiy akademiyasi bo'ldi. Ushbu uchrashuvda 1:0 natijasi bilan raqib jamoa g'alaba qozondi.

Shu tariqa, “Andijon” FM yoshlari xalqaro musobaqada faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Garchi finalda minimal hisobda jamoamiz mag'lub bo'lgan bo'lsa-da, musobaqa davomida o'zlaridan juda ajoyib taassurot qoldirishdi.

Quvonarlisi, “Andijon” FM U14 tarkibida kashfiyot sifatida yangi nomlar ham paydo bo'ldi. Bunga isbot sifatida shuni aytishimiz mumkinki, turnirning eng yaxshi darvozaboni sifatida jamoamiz a'zosi Firdavs Rafiqov e'tirof etildi.

Bundan tashqari, Muhammadergashali Axmadaliev, Abdulloh Abdurashidov, Xumoyun Ibrohimjonov, Doniyor Komilov, Hojiakbar Shokirov kabi iqtidorlarimiz bir qator uchrashuvlarda o'yinning eng yaxshilari bo'ldilar. 6 kun davom etgan musobaqada yosh futbolchilarimiz katta tajriba oldilar va mutaxassislarning e'tiboriga tushdilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting