locale OZ

«Andijon» jamoasi xalqaro maydonda o‘ynaydigan O‘zbekistonning 12-klubi bo‘ladi

OFK tomonidan o‘tkaziladigan klublar miqyosidagi musobaqalarda 11 ta o‘zbek klubi ishtirok etgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Andijon» jamoasi xalqaro maydonda o‘ynaydigan O‘zbekistonning 12-klubi bo‘ladi
Фото: Андижон ПФК

O‘tgan yili O‘zbekiston kubogi musobaqasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan “Andijon” klubi bu yil Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirida ishtirok etadi.

Shu paytgacha Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan klublar miqyosidagi musobaqalarda 11 ta o‘zbek klubi ishtirok etgandi. “Andijon” jamoasi ushbu ro‘yxatda 12-o‘zbek klubi bo‘ladi.

Quyida OFK turnirlarida ishtirok etgan jamoalarimiz va ularning natijalari bilan tanishamiz:

“Paxtakor” — Osiyo Elit chempionlar ligasida 20 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — yarim final.

“Bunyodkor” — Osiyo Elit chempionlar ligasida 10 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — yarim final.

“Nasaf” — Osiyo Elit chempionlar ligasida 7 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — nimchorak final. Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirida 3 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — chempionlik.

“Lokomotiv” — Osiyo Elit chempionlar ligasida 5 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — chorak final.

“Neftchi” — Osiyo Elit chempionlar ligasida 7 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — 3-o‘rin. Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirida 2 marta qatnashgan. Eng yaxshi natijasi — chorak final.

“OKMK” — Osiyo Elit chempionlar ligasida 2 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — guruh bosqichi.

“Do‘stlik” — Osiyo Elit chempionlar ligasida 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — guruh bosqichi.

“Mash’al” — Osiyo Elit chempionlar ligasida 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — guruh bosqichi.

“Navbahor” — Osiyo Elit chempionlar ligasida 2 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — chorak final.

“Sho‘rtan” — Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirida 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — nimchorak final.

“So‘g‘diyona” — Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirida 1 marta ishtirok etgan. Eng yaxshi natijasi — yarim final.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting