locale OZ

«Andijon» jamoasi bugun Belarusdagi mahalliy klublardan biri – «Krumkachi»ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi

Bo'lajak raqib Belarus uchinchi ligasida peshqadam jamoa bo'lib turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Andijon» jamoasi bugun Belarusdagi mahalliy klublardan biri – «Krumkachi»ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi
photo: Andijon fk

Minksda yozgi yig'inni o'tkazayotgan “Andijon” jamoasi bugun Belarusdagi mahalliy klublardan biri – “Krumkachi”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

Bo'lajak raqib Belarus uchinchi ligasida peshqadam jamoa bo'lib turibdi. Hozirgacha 7 o'yinda 6 g'alaba va 1 durang qayd etib, 19 ochko bilan 1-o'rinda boryapti.

Minskning “Krumkachi” jamoasiga 42 yoshli Vladimir Fomich Bushma bosh murabbiylik qilib kelmoqda. Jamoa chempionatdagi oxirgi o'yinini 21 iyun kuni o'tkazib, safarda “Maksimus”ni 1:9 hisobida mag'lub etdi.

“Andijon”ning “Krumkachi”ga qarshi o'yini bugun Minskdagi “Stayki” maydonida mahalliy vaqt bilan 12:00 da, Toshkent vaqti bilan esa 14:00 da boshlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting