locale OZ

Andijon jamoasi a'zolari ko'l bo'yida baliq tutish bilan xordiq chiqarib piknik uyushtirdi

Har kunigi mashg'ulotlar fonida bunday dam olish onlari juda zarur va foydali.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijon jamoasi a'zolari ko'l bo'yida baliq tutish bilan xordiq chiqarib piknik uyushtirdi
photo: Andijon fk

Bugun burgutlar a'zolari klub bazasida o'ziga xos, iliq va samimiy muhitda o'tgan piknik tashkil etishdi. Tabiat qo'ynida, toza havo va ko'l bo'yida o'tkazilgan bu dam olish futbolchilar va murabbiylar uchun ajoyib kayfiyat ulashdi.

Piknik davomida jamoa a'zolari maroqli suhbatlar qurib, birga vaqt o'tkazishdi. Tushlik uchun esa alohida tayyorlangan mazali shashliklar, barbekyu va turli go'sht mahsulotlari barchaga manzur bo'ldi. Ayniqsa, oshpazlarimizning mahoratini alohida ta'kidlash joiz — ular tayyorlagan taomlar piknikka yanada fayz bag'ishladi.

Shuningdek, futbolchilar ko'l bo'yida baliq tutish bilan ham shug'ullanib, jarayonga yanada qiziqarli ruh bag'ishlashdi. Bunday tabiat bag'ridagi madaniy xordiq jamoa uchun nafaqat dam olish, balki jamoaviy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Albatta, har kunigi mashg'ulotlar fonida bunday dam olish onlari juda zarur va foydali. Bugungi piknikni esa bemalol eng yoqimli va esda qolarli damlardan biri, deb atash mumkin.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting