Andijon futbolchisi Marokash darvozasini ishg'ol etdi
O'yinni asosiy tarkibda boshlagan hamda 75 daqiqa maydonda to'p surgan Ahror Ravshanbekov 27-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etdi.
photo: UFA
Andijon futbolchisi Marokash darvozasini ishg'ol etdi.
O'zbekiston U17 terma jamoasiga jalb qilingan va Marokashda yig'in o'tkazayotgan termamiz safida Andijon U21 a'zosi Ahror Ravshanbekov ham bor.
Burgutlar futbolchisi Marokash U17 termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va unda 2:2 hisobi qayd etildi.
O'yinni asosiy tarkibda boshlagan hamda 75 daqiqa maydonda to'p surgan Ahror Ravshanbekov 27-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor