Andijon Erjan Tokotaevning jarohati bo‘yicha ma’lumot berdi
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, darvozabonning jarohati jiddiyroq bo‘lib chiqdi.
Фото: Андижон ПФК
Superliganing 28-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Andijon” uchrashuvining 17-daqiqasida “burgutlar”ning qirg‘izistonlik darvozaboni Erjan Tokotaev oyog‘idan olgan jarohati tufayli majburiy ravishda zaxiraga olindi.
Afsuski, tekshiruv natijalariga ko‘ra, darvozabonning jarohati jiddiyroq bo‘lib chiqdi.
Jamoa shifokori G‘ofurjon Jo‘rayev Erjan Tokotaevning jarohati haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, chap tizza bo‘g‘imining ichki payi yorilgani tashxis qilindi. Bu borada jarrohlik amaliyoti yoki davolash muolajalari ko‘zda tutilgan.
“Tokotaevga tezroq sog‘ayib ketishini tilab qolamiz”, – deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist