locale OZ

«Andijon» Doniyor Abdumannopov bilan shartnomani uzaytirdi

Abdumannopov asli Andijon farzandi va aynan “Andijon” klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Andijon» Doniyor Abdumannopov bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Андижон ПФК

“Andijon” yangi mavsum oldidan tarkibni yaxshilab shakllantirish jarayoni davom etmoqda.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, muxlislarning mehrini qozongan yarim himoyachi Doniyor Abdumannopov bilan amaldagi kelishuv uzaytirildi.

Abdumannopov asli Andijon farzandi va aynan “Andijon” klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi.

U 2018-2021-yillar mobaynida jamoa sharafini himoya qilgan. 2025-yili esa yana safimizga qaytdi. Doniyor oʻtgan yili 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta assistni bajardi.

Umumiy hisobda esa Abdumannopov “Andijon” libosida faoliyati davomida 72 ta oʻyinda maydonga tushgan va jami 10 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting