«Andijon» Dohaga yetib bordi
OCHL 2 doirasida “Al-Ahli” - “Andijon” uchrashuvi 24-dekabr kuni boʼlib oʼtadi.
Фото: Андижон ПФК
19-dekabrdan 20-dekabrga oʻtar kechasi Toshkent xalqaro aeroportida oʻz ichiga jamoamiz aʼzolarini jamlagan “Qatar Airways” havo kemasi Toshkent-Doxa yoʻnalishida parvozga koʻtarildi va tongda sogʻ-salomat Doxadagi “Xamad” xalqaro aeroportiga qoʻndi.
Soʻngra, biz uchun ajratilgan maxsus avtobusda jamoamiz “Abesq Doha hotel&Residenches AN IHG hotel” mehmonxonasiga joylashdi.
Ayni paytda Doxada havo xarorati +15 darajani tashkil qilmoqda. Shuningdek, mahalliy vaqt Toshkent vaqtidan ikki soat orqada.
Bugun kechki payt Samvel Babayan boshchiligida futbolchilarimiz Doxadagi dastlabki mashgʻulotini oʻtkazadilar.
Eslatib oʻtamiz, OCHL 2 doirasida “Al-Ahli” - “Andijon” uchrashuvi 24-dekabr kuni boʼlib oʼtadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist