Andijon davlat pedagogika instituti futbol klubga aylantirilib jamoaning oldiga yuqori ligalarga chiqish vazifasi qo’yildi
Xabaringiz bor, Viloyatimizda Ikkinchi liga hamda kubog bahslari start oldi. Unda muntazam ravishda ishtirok etayotgan ADPI jamoasi a’zolari bilan bugun uchrashuv o’tkazildi.

Andijon futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bekzodbek Karimov hamda Andijon davlat pedagogika institutida bo’lib, navbatdagi mavsumda ishtirok etayotgan ADPI jamoasi murabbiylari, rahbarlari hamda futbolchilari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida Andijon davlat pedagogika instituti rektori Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich viloyat futbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildirdi hamda institut jamoasini “ADPI futbol klubi” etib o’zgartirildi va jamoaga barcha kerakli sharoitlarni yaratib berilishi va jamoaning oldiga yuqori ligalarda ishtirok etish vazifalari qo’yildi hamda AFA tomonidan ADPI jamoasiga yangi mavsumda ishtirok etish uchun 2 xil turdagi futbol formalari hamda futbol jixozlari foydalanish uchun topshirildi.

Uchrashuv so’ngida Andijon futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bekzodbek Karimov Andijon davlat pedagogika instituti rektori Baxtiyor Rasulovga futbolga qo’shayotgan xissasi uchun AFA tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’asini topshirdi.