«Andijon» - «Buxoro». O’zaro bellashuvlarda kim ustun?
Mazkur uchrashuv, 27 iyul kuni soat 20:00 da boshlanadi.
Фото: Андижон ПФК
Superliganing 14-turida “Andijon” jamoamiz “Bobur arena”da “Buxoro” klubini qabul qiladi.
Ushbu jamoalarning O'zbekiston chempionatidagi uchrashuvlar tarixi olis 1992 yilga borib qadaladi.
Shu kungacha jamoalar 52 marotaba maydonda to'qnash kelishdi. "Andijon"da 16, “Buxoro”da esa 21 g'alaba bor. Yana 15 o'yinda durang kuzatilgan. To'plar nisbati 68\82 buxoroliklar foydasiga.
Bu klublarning o'tgan yilgi mavsumdagi natijalariga to'xtaladigan bo'lsak, uyda ham, safarda ham bir xil – 1:1 hisoblari kuzatilgan. Jumladan, mehmondagi o'yinda jamoamizdan Bektemir Abdumannonov, o'z uyimizdagi bellashuvda esa Abdulvohid G'ulomov raqib darvozasini ishg'ol qilishgan.
Mazkur uchrashuv, 27 iyul kuni soat 20:00 da boshlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist