locale OZ

\"Andijon\" Boltaboev, Davronov va Yo'ldoshev bilan shartnoma bekor qildi

Ushbu futbolchilar mavsum avvalida "burgutlar" safiga qo'shilishgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Andijon" Boltaboev, Davronov va Yo'ldoshev bilan shartnoma bekor qildi
photo: Andijon fk

“Andijon” Boltaboev, Davronov va Yo'ldoshev bilan shartnomani bekor qildi.

“Andijon” jamoamiz yozgi yig'inni boshladi va tarkibda ham ayrim o'zgarishlar yuz berishi tabiiy jarayon.

Jumladan, darvozabon Rahimjon Davronov, himoyachi Ibrohim Yo'ldoshev va yarim himoyachi Jamshid Boltaboev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi har ikki tomonning o'zaro roziligi asosida bekor qilinganini ma'lum qilamiz.

Xabaringiz bor, ushbu futbolchilar mavsum avvalida jamoamizga qo'shilishgandi. O'tgan vaqt davomida Davronov “Andijon” tarkibida chempionat va Kubok doirasida hammasi bo'lib, 8 ta o'yinda maydonga tushdi. Ibrohim Yo'ldoshev bitta o'yinda maydonga tushdi va bitta gol muallifiga aylandi. Boltaboev esa “Andijon” safida Superligada 7 ta o'yinda maydonga tushdi.

Davronov, Yo'ldoshev va Boltaboevga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz va ularning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting