locale OZ

«Andijon» Belarusda yig'in o'tkazadi

Belarusda 6 ta o'yin o'tkaziladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Andijon» Belarusda yig'in o'tkazadi
Фото: Андижон ПФК

“Andijon” jamoasi yozgi ta'tildan keyingi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini 10 iyun sanasidan o'z qarorgohimizda boshlagan.

Kuniga ikki mahaldan olib borilgan mashg'ulotlar ko'tarinki kayfiyatda, reja asosida olib borildi va tayyorgarlikning ilk bosqichi yakunlandi.

Jamoa tayyorgarlik jarayonining navbatdagi qismini Belarus poytaxti Minsk shahrida o'tkazishi rejalashtirilgan.

Jumladan, 22 iyun-6 iyul oralig'ida “Burgutlar” Minskda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib boradi.

“U yerda tabiiyki, nazorat o'yinlari ham rejalashtirilgan bo'lib, bu borada 6 ta o'yin ko'zda tutilgan. Yaqin vaqtlar ichida o'rtoqlik o'yinlaridagi raqiblar xususida ham ma'lumot taqdim qilamiz”, - deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting