locale OZ

«Andijon» Bahraynga yetib bordi

Bugun Maksim Shatskix shogirdlari kechki mahal ilk mashg‘ulotini o‘tkazadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Andijon" Bahraynga yetib bordi
Фото: Андижон ПФК

Xabar berilganidek, "Andijon" jamoasi OCHL 2 doirasida Bahraynning "Al-Xaldiya" jamoasiga qarshi o‘yin uchun bugun kechasi Toshkent xalqaro aeroportidan Toshkent-Sharja-Manama yo‘nalishida havo kemasi orqali yo‘lga chiqdi va manzilga sog‘-salomat yetib keldi.

Jamoamiz a'zolari Bahrayn aeroportida "Al-Xaldiya" klubi rasmiylari tomonidan iliq kutib olindi. Shuningdek, bir guruh muxlislar ham futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun birga Manamaga yetib kelishgan.

"Andijon" jamoasi Manama shahrida o‘zi uchun ajratilgan "Crowne Plaza" mehmonxonasiga joylashdi. Ayni paytda bu yerda havo harorati 27 daraja iliq.

Bugun Maksim Shatskix shogirdlari kechki mahal ilk mashg‘ulotini o‘tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting