«Andijon» Babayan boshchiligida tayyorgarlikni boshladi
“Andijon” klubi bugundan oʻz qarorgohida toʻplandi.
Jamoamiz aʼzolari Samvel Babayan boshchiligida 24-dekabr kuni Qatarda OCHL 2 guruh bosqichidagi oxirgi tur oʻyini - “Al-Ahli”ga qarshi bellashuv uchun tayyorgarlikni boshlashdi.
Reja boʻyicha jamoamiz 8-dekabrdan tayyorgarlikning qolgan qismini poytaxtda davom ettiriladi. U yerda ikkita nazorat uchrashuvi oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan. Jumladan, 13 va 18-dekabr kunlari Oʻzbekiston U20 terma jamoasiga qarshi bahslar tashkillashtirilishi koʻzda tutilgan.
Betob boʻlib qolgan tarkibdagi bir qator oʻyinchilarimiz esa jamoamiz ixtiyoriga Toshkentdagi yigʻinda qoʻshiladilar.
Shuningdek, bungacha murabbiylar shtabida ishlab kelgan Akmal Shorahmedov hamda Nikita Shkvirin jamoamiz bilan xayrlashdi. Biz ularning “Andijon”da olib borgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi ishlariga omad tilaymiz.
Endilikda Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabiga Grigoriy Kolosovskiy, Deniy Toymensev Pavel Sinelnikov ham qoʻshildilar va “Burgutlar”dagi faoliyatlarini boshladilar.