Andijon Asilbek Aliyev bilan shartnoma imzolaganini maʼlum qildi
“Burgutlar”ning qishki seleksiya ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Tajribali futbolchilar bilan bir qatorda kelajagi porloq, isteʼdodli yoshlarga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda jamoamiz barchaning eʼtiborida boʻlgan Asilbek Aliyev bilan shartnoma imzolaganini maʼlum qilamiz.
U 2009-yilning 1-yanvar sanasida Fargʻona viloyati Buvayda tumanida tavallud topgan. 2019-yildan “Odil Junior” akademiyasida tahsil ola boshlagan.
Oʻtgan yili birinchi liga musobaqasida “Olimpiya” klubida toʻp surgan. 6 ta gol urgan va 4 ta assistni bajargan.
Aliyev Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bilan 2025-yili Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogida qitʼa chempioni boʻlgan.
Ushbu musobaqada 6 ta oʻyinda 5 ta gol urib turnir toʻpurariga aylandi.
Shuningdek, oʻtgan yili U-17 oʻrtasida Qatardagi jahon chempionatida ham qatnashdi va hamda bitta gol muallifiga aylangan.
Asilbek jamoamizning ahil oilasiga xush kelibsan!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.