“Andijon” Antaliyadagi yigʻini doirasidagi ilk nazorat uchrashuvini Turkiyaning “Siverek Belediyespor” klubiga qarshi oʻtkazdi
“Andijon” Antaliyadagi yigʻini doirasidagi ilk nazorat uchrashuvini Turkiyaning “Siverek Belediyespor” klubiga qarshi oʻtkazdi. Kutilganidek, murabbiylar ikkala boʻlimda ikki xil tarkibni sinovdan oʻtkazdi.
Bungacha kuniga ikki mahaldan shugʻullanayotgan futbolchilarimiz jismoniy tayyorgarlikka eʼtibor qaratishmoqda. Shu bois oʻyinga ham jismoniy yuklama bilan tushishdi. Shunga qaramay, jamoa aʼzolari ancha ishonchli koʻrindilar va buni natijada ham koʻrsata oldilar.
Oʻyindagi barcha gollar tanaffusdan keyin kiritildi. Avvaliga Doniyor Abdumannopov hisobni ochgan boʻlsa, soʻng Bekzod Sulaymonov jarima maydoni ichidagi vaziyatdan foydalanib aniq zarbasi bilan hisobni oshirdi. Bahs oxirlarida esa Andronikashvili raqibdan toʻpni olib qoʻydi va Bektemir Abdumannonovni birga-bir vaziyatga chiqardi. Yarim himoyachi ushbu imkoniyatdan foydalandi va oʻyinga yakuniy nuqtani qoʻydi - 3:0.
Oʻyinda barcha oʻyinchilarga imkoniyat berildi. Faqat Jamshid Boltaboyev, Nemanya Chalasan, Kristian Novak, Abdulvohid Gʻulomov va Poʻlatxoʻja Xoldorxonov alohida dastur asosida shugʻullanishayotgani uchun maydonga tushishmadi. Keyingi bahslarda ularni ham maydonda koʼramiz.
Jamoamizning keyingi oʻyini 16-yanvar kuni Vengriyaning “Vashash” jamoasiga qarshi boʻlib oʻtadi.
“Siverek Belediyespor” (Turkiya) - "Andijon" - 0:3 (0:0).
13 yanvar. Antaliya. “Fanatik” arena.
Bosh hakam: Goksel Kirikoglu.
Qanot hakamlari: Kenan Yilmaz, Muhammed Ucar.
"Siverek Belediyespor": Sefa Ardol, Emre Kutlu, Xamza Alkan, Deniz Ozyeshim, Yefshon Gechgin, Xasan Chetiner, Sardar Shoin, Yunus Emre, Salix Kazan, Furkan Demir, Nixat Kaynar.
Ikkinchi boʼlimda maydonga tushganlar: Xasan Basri, Mustafo Keklik, Ali Irturk, Berkay Yildiz, Farxad Choban, Burak Oltingoʻk, Furkan Yid, Abdulbaki Kilich, Volkan Alan, Axmad Doan.
“Andijon”: Rahim Davronov, Islom Toʻxtaxoʻjayev, Odil Abdumajidov, Abdurahmon Komilov, Bekzod Sulaymonov, Abbos Abdugʻafforov, Sardor Azimov, Xumoyunmirzo Iminov, Damir Temirov, Imeda Ashortia, Asilbek Aliyev.
Ikkinchi boʻlimda maydonga tushganlar: Eldor Adhamov, Igor Golban, Ibrohim Yoʻldoshev, Muhammadkarim Toirov, Usmonali Ismonaliyev, Aleksandr Andronikashvili, Bektemir Abdumannonov, Doniyor Abdumannopov, Elbek Voxidovich, Dragan Cheran.
Gollar: Doniyor Abdumannopov, 55 - 0:1. Bekzod Sulaymonov, 77 - 0:2. Bektemir Abdumannonov, 89 - 0:3.