locale OZ

“Andijon” Antaliyada navbatdagi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi

Ushbu klub oʻtgan yili Qozogʻiston birinchi divizionida birinchi oʻrinni egallab Qozogʻiston premyer-ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Andijon” Antaliyada navbatdagi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi
photo: Andijon fk

Aniq reja asosida Antaliyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib borayotgan “Andijon” jamoamiz mazkur tayyorgarlik doirasida navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuviga ham yetib keldi. Bizning bu safargi sparring-raqibimiz - Qozogʻistonning “Kaspiy Aktau” jamoasi.

Ushbu klub oʻtgan yili Qozogʻiston birinchi divizionida birinchi oʻrinni egallab Qozogʻiston premyer-ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Klub 1979-yilning 1-yanvarida tashkil topgan. Jamoaga 42 yoshli mahalliy mutaxassis Piraliy Aliyev bosh murabbiylik qilmoqda. U ushbu lavozimga shu yilning 21-yanvar kuni tayinlandi. Shuningdek, 4 kun muqaddam “Kaspiy Aktau” jamoasi portugaliyalik himoyachi Andre Amaral bilan ham shartnoma imzoladi.

“Andijon” - “Kaspiy Aktau” oʻrtasidagi bellashuv 29-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 19:45 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting