locale OZ

«Andijon» Altin Kreziu bilan xayrlashdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Andijon» Altin Kreziu bilan xayrlashdi
Фото: Андижон ПФК

"Andijon" klubi futbolchi Altin Kreziu jamoani tark etganini ma'lum qildi.

Sloveniyalik 23 yoshli futbolchi mavsum boshida "burgutlar" safiga kelib qo‘shilgandi.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, har ikki tomonning o‘zaro kelishuviga ko‘ra amaldagi shartnoma bekor qilindi.

Kreziu “Andijon” tarkibida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Altinga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz!", - deyiladi klub bayonotida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting